iPhone'ga IPA'ni kompyutersiz o'rnatish

IPA — iOS ilova fayli. Sertifikat va LCSign / GBox bilan IPA'ni iPhone'ning o'zida o'rnatasiz: faylni yukladingiz — imzoladingiz — o'rnatdingiz.

Yangilangan: · 4 daqiqa o'qish

Nima kerak

  • LCSign yoki GBox'ga import qilingan sertifikat (qanday qilish — sertifikat o'rnatish qo'llanmasida)
  • .ipa fayl: p12.uz «Ilovalar» bo'limidan, botdan yoki dasturchidan
  • Bo'sh joy: taxminan IPA hajmi × 2

IPA'ni o'rnatish

  1. .ipa'ni «Fayllar» → «iPhone'da»ga saqlang (Safari yoki Telegram'dan «Ulashish» orqali).
  2. LCSign yoki GBox → «Import» → .ipa'ni tanlang.
  3. Ilovani bosing → «Imzolash» — ilova sertifikatingizni qo'yadi.
  4. «Imzodan keyin o'rnatish»ni yoqing → «O'rnatish» va tasdiqlang.
  5. Belgi bosh ekranda paydo bo'ladi. Ochganda «Ishonchsiz dasturchi» desa — Sozlamalar → Asosiy → VPN va qurilma boshqaruvi → ishonish.

Ilovani yangilash

IPA'ning yangi versiyasini eskisining ustidan xuddi shunday imzolaysiz — ilova ma'lumotlari odatda saqlanadi.

Ko'p beriladigan savollar

IPA o'rnatish xavfsizmi?

IPA'ni ishonchli manbalardan o'rnating — bizning katalogdagi fayllar tekshirilgan. Noma'lum IPA'lar o'zgartirilgan bo'lishi mumkin.

Nechta ilova o'rnatsa bo'ladi?

Sertifikat amal qilguncha xohlagancha.

O'rnatishda ilova xato beradi

«Sertifikatlar menejeri»da sertifikat «Faol» ekanini va joy yetarliligini tekshiring. Bekor qilingan bo'lsa — kafolat bo'yicha yangisini beramiz.

@starspremiumsapp Telegram Stars — Humo va Uzcard bilan Avtomatik, 1–5 daqiqada. O'zingizga yoki do'stingizga. Stars olish →

Sertifikat 1–10 daqiqada

Botda to'lang — u iPhone'ni o'zi ro'yxatdan o'tkazadi va sertifikat, LCSign / GBox va yo'riqnomani yuboradi.