iPhone'da sertifikatni LCSign yoki GBox orqali o'rnatish

2026-yil 2-noyabrdan ESign ilovalarni o'rnatmaydi. Uning o'rniga biz sizning sertifikatingiz bilan LCSign yoki GBox'ni imzolab beramiz. O'rnatish 5 daqiqa, kompyuter shart emas.

Yangilangan: · 6 daqiqa o'qish

Video qo'llanma

Nima kerak

  • iOS 14 va undan yangi iPhone (iPad ham mos)
  • Sertifikat: .p12 va .mobileprovision fayllari va ularning paroli (P12'da parol doim p12.uz)
  • O'rnatish sahifasi havolasi — bot uni fayllar bilan birga yuboradi

6 qadamda o'rnatish

  1. Bot xabaridagi havolani oching va o'rnatuvchini tanlang: LCSign yoki GBox. Tanlov bir marta qilinadi va iPhone'ingizga biriktiriladi — bilmasangiz, GBox'ni oling.
  2. «Установить»ni bosing va o'rnatishni tasdiqlang. Havola 10 daqiqa ishlaydi; ulgurmasangiz, o'sha sahifada «Yangi havola» (sutkasiga 4 tadan ko'p emas).
  3. Dasturchi rejimini yoqing: Sozlamalar → Maxfiylik va xavfsizlik → «Dasturchi rejimi» → yoqing → qayta yoqing → «Yoqish».
  4. Ikkala faylni chatdan saqlang: faylni bosing → «Поделиться» → «Сохранить в Файлы» → «На iPhone» → «Сохранить». iCloud'ga emas — aks holda ilova ularni ko'rmaydi.
  5. GBox (yoki LCSign) ni oching → sertifikatlar bo'limi («Sertifikatlarni boshqarish») → «Import»: .p12 ni tanlang va p12.uz parolini kiriting, so'ng .mobileprovision ni ham shunday import qiling.
  6. Sertifikat ro'yxatda amaldagi deb ko'rinishiga ishonch hosil qiling — tayyor.

Endi o'yin va ilovalarni qanday o'rnatish

Ilovada .ipa faylni import qiling → uni bosing → «Imzolash» (sertifikatingizni tanlang) → «O'rnatish». Ilova «Bosh ekran»da paydo bo'ladi. LCSign va GBox'da tugma nomlari biroz farq qilishi mumkin — tartib bir xil: import → imzo → o'rnatish.

Nega ESign emas

ESign o'rnatilmay qoldi: uning serveri mavjud emas, shuning uchun o'rnatish va kirish hech kimda ishlamaydi. Sertifikatga zarar yetmadi — u har qanday imzolash ilovasida ishlaydi, shuning uchun biz o'rnatuvchini LCSign va GBox'ga almashtirdik.

Ko'p beriladigan savollar

Qaysi birini tanlash kerak — LCSign yoki GBox?

Ikkalasi ham IPA'ni sertifikatingiz bilan imzolaydi. Ikkilansangiz — GBox. Tanlov bir marta qilinadi, chunki o'rnatuvchi imzosi serverimizda aynan sizning iPhone'ingiz uchun yaratiladi.

Havola ochilmadi yoki muddati tugadi

Havola 10 daqiqa ishlaydi. O'rnatish sahifasida «Yangi havola»ni bosing. Limit — sutkasiga 4 ta yangi havola; yetib qolsangiz, kuting yoki @fr1day'ga yozing.

Kompyuter kerakmi?

Yo'q. Hammasi iPhone'ning o'zida.

O'rnatuvchini almashtirsa bo'ladimi?

Yo'q, tanlov qotiriladi. Ilova telefoningizda ishlamasa — @fr1day'ga yozing, yordam beramiz.

@starspremiumsapp Telegram Stars — Humo va Uzcard bilan Avtomatik, 1–5 daqiqada. O'zingizga yoki do'stingizga. Stars olish →

Sertifikat 1–10 daqiqada

Botda to'lang — u iPhone'ni o'zi ro'yxatdan o'tkazadi va sertifikat, LCSign / GBox va yo'riqnomani yuboradi.